Agents & Automation: Ish jarayonimiz qanday o'zgaradi?

10-03-2025

Bir paytlar AI'dan faqat savol-javob kutardik: "Mana prompt, mana javob." 2025 atrofida esa boshqa bosqich boshlandi — AI agentlar.

Agent degani nima? Oddiy qilib aytganda, AI faqat gapirmaydi, maqsadga borish uchun ketma-ket harakat qiladi:

  • plan tuzadi
  • kerakli ma’lumotni topadi
  • bir nechta qadamni bajaradi
  • natijani tekshiradi
  • xatoni ko‘rsa qaytib tuzatadi

Nega bu muhim?

Chunki bu “AI menga yordam berdi” darajasidan “AI men bilan birga ishladi” darajasiga o‘tish.

Masalan, siz shunday deysiz:

“Menga landing page kerak: copywriting, dizayn kontent, va kod skeletoni ham bo‘lsin.”

Agent esa:

  • auditoriyani aniqlaydi
  • taklif (offer) variantlarini yozadi
  • sarlavha va CTA’larni test uchun A/B variant qiladi
  • section’lar bo‘yicha struktura beradi
  • komponentlar ro‘yxatini tuzadi

Qaysi kasblar birinchi o‘zgaradi?

Menimcha, birinchi bo‘lib “ko‘p repetitiv, lekin ‘kontekst’ talab qiladigan” ishlar o‘zgaradi:

  • support (FAQ, triage, ticket’larni toifalash)
  • kontent (outline → draft → edit)
  • product ops (requirement, release notes, changelog)
  • junior dev darajasidagi task’lar (CRUD, refactor, test skeleton)

Eng katta xato: agentni “junior” deb o‘ylash

Agent yaxshi ishlashi uchun unga:

  • aniq maqsad
  • cheklovlar (nima qilmasin)
  • format (chiqish qanday bo‘lsin)
  • resurslar (docs/link/codebase)

kerak bo‘ladi. Ya’ni, agent — kuchli ijrochi, lekin sizning strategiyangizga muhtoj.

Xulosa

2025 yilda biz “AI prompt”dan “AI workflow”ga o‘tyapmiz. Kelajakda eng qimmat skill — agentlar bilan ishlash emas, balki:

  • to‘g‘ri vazifa qo‘yish
  • to‘g‘ri tekshirish (verification)
  • to‘g‘ri prioritetlash

bo‘ladi.

Portrait of Avaz

Written by Avaz

Full-stack engineer based in Seoul. I build consumer products and internal systems, and write about the work.

© 2026 Avaz.