Education in 2030: Universitetni AI almashtiradimi?
05-10-2025
AI chiqib kelganda ko‘p odamlar shunday dedi: “Endi universitet kerak emas.” Bu fikr qisman to‘g‘ri, qisman xavfli.
AI nimani juda yaxshi qiladi?
- Tushuntiradi: sizga mos tilda, sizga mos tezlikda
- Repeat qiladi: charchamaydi, jahli chiqmaydi
- Misol beradi: 1 emas, 10ta variant
- Mashq qildiradi: quiz, test, feedback
Shu sababli 2030 ga borib “o‘qish”ning texnik tomoni juda arzonlashadi.
Lekin universitetning eng katta qiymati dars emas
Universitet (ideal holatda) quyidagilarni beradi:
- muhit (network, do‘stlar, mentorlar)
- intizom (deadline, semester, baho)
- yo‘nalish (“nima o‘rganish kerak?” savoliga struktura)
- signal (ma’lum standartlardan o‘tganingiz haqida belgi)
AI signal bermaydi. AI — vosita.
Kelajakdagi o‘qish modeli
Men tasavvur qiladigan 2030 modeli:
- AI tutor: har bir talabaga shaxsiy murabbiy
- live workshop: real loyiha, real jamoa
- portfolio first: diplom emas, natija (case study)
- assessment: faqat test emas, “qanday fikrlaysan?”
O‘zbekistonda nima o‘zgaradi?
Bizda ko‘pincha muammo “ma’lumot yo‘q” emas, muammo:
- yo‘l xaritasi yo‘q
- mentor kam
- motivatsiya yo‘qoladi
AI shu joyda foydali: u “o‘qituvchi” bo‘lmasin, murabbiy bo‘lsin.
Xulosa
Universitetni AI emas, AI bilan kuchaygan universitet yutadi. Diplom emas, ko‘nikma va portfolio ustun bo‘ladigan davr keladi.
