The Next Era of Search: Google'dan keyingi davr
10-03-2026
Biz ko‘nikib qolgan internet modeli shunday edi:
- Google’ga yozamiz
- 10 ta link chiqadi
- linklarni ochib, o‘qib, xulosa qilamiz
AI bilan esa yangi model paydo bo‘lyapti:
- savol beramiz
- AI “summary” qiladi
- kerak bo‘lsa, manbaga o‘tamiz
Bu nimani o‘zgartiradi?
1) SEO’dan GEO’ga (Generative Engine Optimization)
Oldin: “Google’da tepaga chiqish”. Endi: “AI javobida tilga olinishi”.
Bu esa kontentni boshqacha qiladi:
- aniq va qisqa ta’riflar
- strukturali ma’lumot
- real tajriba (case study)
- ishonchli manbalar
2) Brend uchun “ishonch” muhimroq bo‘ladi
AI ko‘p narsani aralashtirib yuborishi mumkin. Shuning uchun:
- original fikr
- ishonchli reputatsiya
- muallif shaxsi (identity)
qiymatga aylanadi.
3) Bloglar o‘lmaydi — format o‘zgaradi
“Blog o‘ladi” deyishadi. Men bunga ishonmayman. Bloglar “trafik mashinasi” bo‘lishdan ko‘ra:
- fikr platformasi
- portfolio
- tajriba arxivi
ga aylanadi.
Kontent yozadiganlar uchun 3 tavsiya
- Bir fikr = bir post: chalkashlik kam bo‘lsin
- Misol ko‘p bo‘lsin: AI “real”ni sevadi
- Sarlavha aniq bo‘lsin: “nima haqida?” darrov tushunsin
Xulosa
Kelajakda qidiruv “linklar ro‘yxati” emas, “tayyor javob” bo‘ladi. Bu davrda yutadiganlar — ko‘proq yozadiganlar emas, aniq va ishonchli yozadiganlar.
