Personal Data & Privacy: Kelajakda maxfiylik qoladimi?
15-02-2026
AI xizmatlari juda qulay: yozadi, tarjima qiladi, reja tuzadi, hatto maslahat beradi. Lekin har bir qulaylik ortida savol turadi:
“Buning evaziga men nimani berayapman?”
Ko‘pincha javob — ma’lumot.
1) Ma’lumot — yangi valyuta
Oldin valyuta: pul. Bugun: pul + attention. Ertaga: pul + attention + data.
AI mahsulotlar ko‘pincha sizning:
- yozganingiz
- yuklaganingiz
- qidirganingiz
- qiziqishingiz
asosida yaxshilanadi.
2) “Private” degani har doim “safe” emas
Ko‘p odam “private chat” deb o‘ylaydi va xotirjam bo‘ladi. Lekin “private” faqat shu degani:
- boshqa user ko‘rmaydi
Bu “model ko‘rmaydi” yoki “log bo‘lmaydi” degani emas.
3) Kelajakda 2 xil AI bo‘ladi
Menimcha, bozorda ikki yo‘nalish kuchayadi:
- consumer AI: bepul/arzonga, data evaziga
- privacy-first AI: qimmatroq, lekin data sizniki
Xuddi cloud vs self-hosted kabi.
4) Odatlar o‘zgaradi
2026 dan keyin oddiy ko‘nikmalar “normal” bo‘ladi:
- maxfiy ma’lumotni AI’ga bermaslik
- “redact” qilish (ism, tel, karta)
- ish uchun alohida account/workspace
- sensitive ma’lumotlar uchun local tool
Xulosa
Privacy kelajakda yo‘qolmaydi, lekin u “default” bo‘lmaydi. U — ongli tanlov, jarayon va strategiya bo‘ladi.
