The Future of Work: Kasblar yo'qoladimi yoki o'zgaradimi?

22-06-2025

AI haqida eng ko‘p tarqalgan gap: “kasblar yo‘qoladi”. Bu gapning ichida haqiqat ham bor, lekin men uni boshqacha ko‘raman:

Kasblar yo‘qolishidan ko‘ra, kasbning “ish uslubi” o‘zgaradi.

1) “Nima qilasan?” savoli “Qanday qilasan?”ga aylanadi

Oldin:

  • “SMM post yozaman”
  • “Dizayn qilaman”
  • “Front-end yozaman”

Endi:

  • “AI bilan postlarni tezroq ishlab chiqaman”
  • “AI bilan variantlarni ko‘paytiraman, keyin tanlayman”
  • “AI bilan skeleton yozaman, keyin review + polish qilaman”

2) Yangi bo‘linish: operator vs editor

Kelajakda ko‘p sohalar 2 qismga bo‘linadi:

  • Operator: AI’ga topshiriq beradi, ko‘proq tezlik va hajm
  • Editor: natijani tekshiradi, sifat, brand, mas’uliyat

Ko‘pchilik hozir operator bo‘lishni o‘rganadi. Lekin uzoq muddatli qiymat — editor’likda.

3) Eng qimmat skill: judgement

AI ko‘p narsani yozadi, chizadi, kodlaydi. Lekin eng qiyin narsani qilmaydi:

  • “Bu variant to‘g‘rimi?”
  • “Bizning kontekstga mosmi?”
  • “Risk bormi?”
  • “Qaysi yo‘l strategik foydaliroq?”

Bu — judgement. Shu sababli “kuchli fikrlash” qiymati oshadi.

4) Junior’lar uchun osonlashadi, senior’lar uchun tezlashadi

AI junior’ga ko‘p narsa beradi:

  • template
  • misol
  • tushuntirish

Senior’ga esa:

  • tezlik
  • parallel ish
  • research

Ammo ikkala holatda ham mas’uliyat insonga qoladi.

Xulosa

Menimcha, kelajakda:

  • “AI bilan ishlay oladigan” odamlar yutadi
  • “AI’ni tekshira oladigan” odamlar yanada ko‘proq yutadi

Kasb yo‘qolmaydi. Kasbning “ish stili” o‘zgaradi.

Portrait of Avaz

Written by Avaz

Full-stack engineer based in Seoul. I build consumer products and internal systems, and write about the work.

© 2026 Avaz.